
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona instituti hamkorligida “Yoshlarni oilaviy hayotg...
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona instituti hamkorligida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. 🎙Tadbirni "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti direktori N.Egamberdiyeva kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va harbiy oilalarda mas’uliyat, ishonch hamda sog‘lom muloqot madaniyatini shakllantirishning ahamiyatini ta’kidladi.
🎙Seminarda Institut katta ilmiy xodimi R.Hojiyev “O‘zbekistonda oila instituti va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga oid davlat siyosati” mavzusida ma’ruza qildi. 👍Ma’ruza davomida kursantlarga nikohdan oldingi huquqiy, psixologik, tibbiy va iqtisodiy tayyorgarlik, oila budjetini yuritish, reproduktiv salomatlik, o‘zaro hurmat, sog‘lom muloqot hamda nizolarni zo‘ravonliksiz hal qilish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. ⚡️Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-son qarori mazmuni, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimi hamda Oila va xotin-qizlar maskanlarida ko‘rsatiladigan maslahat xizmatlari haqida ma’lumot berildi.
Seminar yakunida mustahkam oila bilim, mas’uliyat, huquqiy madaniyat, o‘zaro hurmat va sog‘lom muloqot asosida shakllanishi alohida qayd etildi.