Asosiy / Yangiliklar / 🌐Yangi rukn: Barqaror rivojlanish maqsadlarida gender ko'rsatgichlar tahlili...
🌐Yangi rukn: Barqaror rivojlanish maqsadlarida gender ko'rsatgichlar tahlili...
Yangiliklar📅 20 Iyul 2026👁 88 ko'rishlar

🌐Yangi rukn: Barqaror rivojlanish maqsadlarida gender ko'rsatgichlar tahlili...

🌐Yangi rukn: Barqaror rivojlanish maqsadlarida gender ko'rsatgichlar tahlili Barqaror rivojlanish maqsadlari 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadi inson farovonligi, ijtimoiy tenglik, iqtisodiy taraqqiyot va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan global dastur hisoblanadi.

Ushbu rukn doirasida har bir maqsadning mazmuni, asosiy ko‘rsatkichlari, global holati, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tafovutlar yoritiladi.

Ruknimizni BRM 1-maqsad — qashshoqlikning barcha shakllariga barham berish tahlili bilan boshlaymiz.

📌 Maqsad: 2030-yilgacha barcha hududlarda qashshoqlikning barcha shakllarini bartaraf etish, kam ta’minlangan va ijtimoiy zaif aholining iqtisodiy resurslar, asosiy xizmatlar hamda ijtimoiy himoya tizimlaridan teng foydalanishini ta’minlash.

Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi: ✔️ Xalqaro qashshoqlik chegarasidan pastda yashayotgan aholining ulushi

✔️ Milliy qashshoqlik chegarasidan pastda yashayotgan aholi ulushi

✔️ Ko‘p o‘lchovli qashshoqlikda yashayotgan erkaklar, ayollar va bolalar ulushi

✔️ Ijtimoiy himoya tizimlari bilan qamrab olingan aholi ulushi

✔️ Yer, moliya, texnologiya va boshqa iqtisodiy resurslardan foydalanish imkoniyati

✔️ Tabiiy ofatlar va iqtisodiy inqirozlardan zarar ko‘rgan aholi soni

1-maqsad doirasida kambag‘allik ko‘rsatkichlarini jins, yosh, bandlik holati va shahar-qishloq kesimida tahlil qilish alohida ahamiyatga ega.

🌐 Global holat qanday?

2025-yilda yangilangan xalqaro qashshoqlik chegarasi kuniga 3 AQSh dollari mezoni bo‘yicha dunyoda taxminan 808 million kishi, ya’ni global aholining 9,9 foizi o‘ta qashshoqlikda yashamoqda. Bu deyarli har o‘n kishidan biri hali ham eng zarur kundalik ehtiyojlarini to‘liq qondira olmayotganini anglatadi.

Mavjud sur’at saqlanib qolsa, 2030-yilga kelib ham dunyo aholisining qariyb 8,9 foizi o‘ta qashshoqlikda yashashda davom etishi mumkin. Hozirgi yo‘nalishda mamlakatlarning faqat har beshtadan biri milliy qashshoqlik darajasini 2030-yilgacha ikki baravar qisqartirish maqsadiga erisha oladi.

Ijtimoiy himoya qamrovida ijobiy siljish kuzatilgan: 2023-yilda dunyo aholisining 52,4 foizi kamida bitta ijtimoiy himoya to‘lovi yoki xizmatidan foydalangan. Biroq 3,8 milliard kishi hali ham hech qanday ijtimoiy himoya bilan qamrab olinmagan.

📉Gender tafovuti nimada ko‘rinadi?

Global miqyosda ayollar va qizlarning 9,2 foizi, erkaklar va o‘g‘il bolalarning esa 8,6 foizi o‘ta qashshoqlikda yashaydi. Bu mos ravishda 376 million ayol va qiz hamda 355 million erkak va o‘g‘il bola deganidir. Demak, o‘ta qashshoqlikda yashayotgan ayollar va qizlar soni erkaklarga nisbatan taxminan 21 million nafarga ko‘p.

Gender tafovuti ijtimoiy himoya tizimlarida ham namoyon bo‘ladi. 2023-yilda ayollarning 50,1 foizi, erkaklarning esa 54,6 foizi kamida bitta ijtimoiy himoya to‘lovi bilan qamrab olingan. Natijada ayollar va erkaklar o‘rtasida 4,5 foiz punktlik tafovut mavjud.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling