
«Yangi O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash: islohotlar dinamikasi, milliy tajriba va istiqbolli yo‘nalishlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti Sizni 2026-yil 26-noyabr kuni «Yangi O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash: islohotlar dinamikasi, milliy tajriba va istiqbolli yo‘nalishlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etadi.
Joy: Toshkent shahri
O‘tkazish shakli: onlayn va offlayn
Rasmiy tillar: o‘zbek, rus va ingliz
Maqolalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 1-noyabrgacha
Ro‘yxatdan o‘tish: ro‘yxatdan o‘tish formasi
Tashkilotchi
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti.
Konferensiyaning maqsadi
Konferensiyaning maqsadi gender tengligini ta’minlash borasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, bu borada faoliyat olib borayotgan amaliyotchi-mutaxassis hamda ekspertlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni yaratish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar dinamikasi bilan tanishish, aholi o‘rtasida gender qadriyatlarini targ‘ib qilish, mazkur masalalar bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashish, istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilish, ularning natijalari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Konferensiya yo‘nalishlari
- 1-sho‘ba. Gender tengligini ta’minlashning huquqiy asoslari, institutsional mexanizmlar va amaliy natijalar.
- 2-sho‘ba. Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish: ayollar migratsiyasi, bandlik, tadbirkorlik va raqamli imkoniyatlar.
- 3-sho‘ba. Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularni zo‘ravonlikning har qanday shakllaridan himoya qilish mexanizmlari.
- 4-sho‘ba. Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan hamkorligi.
Mavzuga oid dolzarb muammolarni aniqlash va gender tengligi g‘oyalarini yanada kengroq targ‘ib qilish, jamiyatda gender stereotiplarni kamaytirish, jamiyatda xotin-qizlarga teng huquq va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha takliflar, taqdimot (ma’ruza)lar hamda tezislar qabul qilinadi. Konferensiya materiallari to‘plami konferensiya natijalariga asosan elektron shaklda nashr etiladi.
Ishtirokchilar
Konferensiyada qatnashish uchun gender sohasida faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, universitet talabalari va amaliyotchi mutaxassislar taklif etiladi.
Maqolalarni yuborish uchun talablar
Konferensiya to‘plamiga yuboriladigan maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga monand, ilmiy yangilik va amaliy ahamiyatga ega hamda dolzarb masalalarga bag‘ishlangan bo‘lishi talab etiladi. Materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida taqdim etilishi mumkin.
1. Umumiy va texnik talablar
- Maqola hajmi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan qo‘shib hisoblaganda 7–8 sahifa.
- Fayl formati. Microsoft Word: .doc, .docx yoki .rtf.
- Sahifa parametrlari. A4 format, kitob oriyentatsiyasi; yuqori, pastki, chap va o‘ng hoshiyalar – 20 mm; sahifa raqamlari qo‘yilmaydi.
- Matn parametrlari. Times New Roman shrifti, 14 o‘lcham, 1,5 interval; yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 sm va chapdan 3 sm.
- Maqola sarlavhasi. Sahifa markazida BOSH HARFLARDA, qalin Times New Roman, 14 pt.
- Muallif haqida ma’lumot. Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning familiyasi, ismi va sharifi to‘liq, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni hamda ish joyi.
2. Annotatsiya va kalit so‘zlar
- Annotatsiya hajmi. O‘zbek, rus va ingliz tillarining har birida 70 so‘z. Tadqiqot mavzusi, maqsadi, asosiy mazmuni yoki natijasi va ilmiy-amaliy ahamiyati qisqa va aniq ifodalanadi.
- Kalit so‘zlar. Har bir tilda 10 ta kalit so‘z yoki ibora. Ular maqolaning asosiy tushunchalari va tadqiqot predmetini ifodalashi, bir-birini takrorlamasligi lozim.
- Joylashtirish tartibi. Muallif haqidagi ma’lumotdan keyin ketma-ket: o‘zbek tilida – Annotatsiya va Kalit so‘zlar; rus tilida – Аннотация va Ключевые слова; ingliz tilida – Abstract va Keywords. Shundan keyin asosiy matn boshlanadi.
3. Maqolaning mazmuniy tuzilishi
- Kirish – mavzuning dolzarbligi, muammoning qo‘yilishi, tadqiqot maqsadi va vazifalari;
- Asosiy qism – muammoning ilmiy-nazariy, huquqiy, ijtimoiy yoki amaliy tahlili; ma’lumotlar, ilmiy yondashuvlar va dalillar;
- Natijalar va muhokama – tahlil natijalari, qiyosiy xulosalar, aniqlangan tendensiya va muammolar;
- Xulosa va amaliy tavsiyalar – asosiy ilmiy xulosalar va aniq amaliy takliflar;
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati – manbalar raqamlangan tartibda.
4. Manbalar, jadvallar va rasmlarni rasmiylashtirish
- Havolalar (snoskalar). Ilmiy fikrlar, statistik ma’lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa manbalardan foydalanilganda havola o‘sha sahifada beriladi. Matn yakunida «Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati» sarlavhasi ostida manbalar raqamlangan tartibda keltiriladi.
- Jadval, rasm va diagrammalar sifatli bo‘lishi, matnda ularga murojaat qilinishi va ketma-ket raqamlanishi lozim (masalan: «1-jadval», «1-rasm»).
- Muallif mas’uliyati. Maqoladagi ma’lumotlar, statistik ko‘rsatkichlar, iqtiboslar, manbalar va xulosalarning ishonchliligi uchun muallif(lar) shaxsan javobgar.
- Talablarga muvofiqlik. Texnik va mazmuniy talablarga javob bermaydigan materiallar to‘plamga kiritilmaydi, mualliflarga qaytarilmaydi va izoh berilmaydi.
Maqolaning tavsiya etiladigan tuzilishi
- MAQOLA NOMI – bosh harflarda, qalin, 14 pt
- Muallif(lar) haqida ma’lumot – F.I.Sh., ilmiy daraja/unvon, ish joyi
- Annotatsiya – o‘zbek, rus va ingliz tillarida, 70 so‘zdan
- Kalit so‘zlar – o‘zbek, rus va ingliz tillarida, 10 tadan
- Kirish – dolzarblik, maqsad, vazifalar
- Asosiy qism – tahlil, dalillar, ilmiy yondashuvlar
- Natijalar va muhokama – asosiy natijalar, qiyosiy tahlil, tendensiyalar
- Xulosa va amaliy tavsiyalar – aniq xulosalar va takliflar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati – raqamlangan manbalar ro‘yxati
Eslatma: annotatsiyaning 70 ta, kalit so‘zlarning 10 ta so‘zdan iborat bo‘lishi ushbu konferensiya to‘plami uchun tahririy talab hisoblanadi.
Ishtirokchi anketasi
Maqola bilan birga quyidagi ma’lumotlar yuboriladi:
- Muallif(lar) familiyasi, ismi, sharifi
- Yo‘nalish (sho‘ba) nomi
- Tezis nomi
- Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni
- Ish joyi
- Lavozimi
- Telefon raqami (hudud kodi bilan)
- Elektron pochta
Aloqa
E-mail: laylonurullayeva89@gmail.com
Telegram: @laylo_nurullayeva
Telefon: +998 94 200 09 21
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 25-uy.