Asosiy / Yangiliklar / #xushxabar
#xushxabar
Yangiliklar📅 18 Aprel 2026👁 43 ko'rishlar

#xushxabar

#xushxabar

⚠️"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori (DSc) Xurshida Saydivaliyeva Xalqaro oila huquqi jamiyati (International Society of Family Law — ISFL) a’zoligiga qabul qilindi.

🌎Xalqaro oila huquqi jamiyati (ISFL) — bu oila huquqi va unga aloqador fanlarni o‘rganish, tadqiq qilish hamda muhokama qilishga bag‘ishlangan mustaqil, xalqaro ilmiy assotsiatsiyadir. Bugungi kunda jamiyat a’zolari qatorida dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan yetakchi professorlar, olimlar va tadqiqotchilar bor. Ushbu hamjamiyat a’zoligi haqiqiy xalqaro oila huquqi doirasida professional aloqalarni o‘rnatish va tajriba almashish uchun noyob imkoniyat hisoblanadi.

✔️Jamiyat oilaviy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy siyosatni tahlil qilish uchun global forum vazifasini o‘taydi. Tashkilotning asosiy maqsadi — turli soha olimlari, amaliyotchilar va siyosatchilarni birlashtirgan holda, oila huquqi sohasidagi dolzarb masalalarni ilmiy jihatdan tadqiq etishdir.

✔️Institutimiz olimasining ushbu nufuzli xalqaro ilmiy assotsiatsiya a’zosiga aylanishi mamlakatimiz oila huquqi fanining jahon ilmiy maydonidagi integratsiyasini ta’minlash va milliy oila huquqi tizimini xalqaro andozalar asosida takomillashtirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

#xushxabar