Asosiy / Yangiliklar / XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS
XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS
Yangiliklar📅 9 May 2026👁 68 ko'rishlar

XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS

XOTIRA ABADIY, QADR MUQADDAS

9-may - Xotira va qadrlash kuni

🇺🇿 Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz ortida Vatan ravnaqi, yurt erkinligi va xalq farovonligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizning buyuk jasorati mujassam. Ularning yorqin xotirasini e’zozlash, ezgu ishlarini davom ettirish va bugun oramizda bo‘lgan nuroniylarimizni qadrlash — xalqimizga xos yuksak insoniy fazilatdir.

🇺🇿 Xotira va qadrlash kuni bizni tinchlikning qadriga yetishga, Vatanga muhabbat va sadoqat bilan yashashga, o‘tganlarni hurmat qilishga chorlaydi. Chunki tarixini e’zozlagan xalqning kelajagi ham doimo porloq bo‘ladi. Bugungi musaffo osmon, osoyishta hayot va farovon kunlarimiz uchun jonini ayamagan qahramonlarimizni yod etish, nuroniylarimizning duolarini olish — barchamizning insoniy burchimizdir. Yurtimizda ana shunday fidoyi va duogo‘y insonlar bor ekan, tinchligimiz bardavom, mustaqilligimiz esa abadiy mustahkam bo‘ladi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling