
Xotin-qizlarning mulk huquqi: fuqarolik-huquqiy asoslar Fuqarolik kodeksining 1-moddasi fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlarini belgilab, fuqarolarning tengligini, mulkning daxlsizligini va huqu...
Xotin-qizlarning mulk huquqi: fuqarolik-huquqiy asoslar Fuqarolik kodeksining 1-moddasi fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlarini belgilab, fuqarolarning tengligini, mulkning daxlsizligini va huquqlarning sud orqali himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu tamoyil xotin-qizlar uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi: -Har bir xotin-qiz mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega;
-Mulk huquqi jinsiga qarab hech qachon cheklanishi mumkin emas;
-Mulk huquqi buzilgan taqdirda, u sud orqali to‘liq himoya qilinadi. 💡Amaliyotda: Xotin-qizlarning mulkiy huquqlari ko‘pincha nikoh, ajralish, meros va tadbirkorlik munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun Fuqarolik kodeksining umumiy normalari boshqa maxsus qoidalar (Oila kodeksi, meros huquqi) bilan birgalikda kafolat beradi. 📖Manba: Fuqarolik kodeksi 1-modda va mulk huquqiga oid umumiy normalar (lex.uz) ➡️Bizni kuzatib boring: