
📊 XOTIN-QIZLARNING IQTISODIY IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH BO‘YICHA TADQIQOT NATIJALARI 🇺🇿 O‘zbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi ortmoqda. 2025-yilda mamlakatimizda xotin-qizlarning iqtisod...
📊 XOTIN-QIZLARNING IQTISODIY IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH BO‘YICHA TADQIQOT NATIJALARI 🇺🇿 O‘zbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi ortmoqda. 2025-yilda mamlakatimizda xotin-qizlarning iqtisodiy faollik darajasi 68,2 foizni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 2,2 foiz punktga oshgan. 📍 Hududlar kesimida iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlari Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi eng yuqori bo‘lgan hududlar:
▪️ Toshkent shahri — 83,8%;
▪️ Navoiy viloyati — 75,7%;
▪️ Andijon viloyati — 71,7%;
▪️ Toshkent viloyati — 70,7%;
▪️ Xorazm viloyati — 68,8%. Eng past ko‘rsatkichlar esa Surxondaryo (61,6%) va Qashqadaryo (62,8%) viloyatlarida qayd etilgan. Hududlar o‘rtasidagi farq 22,2 foiz punktni tashkil etib, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi va mehnat bozoridagi imkoniyatlari hududlar kesimida bir xil emasligini ko‘rsatadi. 📈 IQTISODIY FAOLLIKKA TA’SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan ekonometrik tahlil urbanizatsiya darajasi va xizmatlar sohasining rivojlanishi xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga, ishsizlik darajasining ortishi esa uning pasayishiga ta’sir qilishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra:
🔹Urbanizatsiya darajasining 1% ga oshishi xotin-qizlarning iqtisodiy faollik darajasi 1,95% ga oshishi bilan bog‘liq.
🔹 Xizmatlar sohasining 1% ga ortishi iqtisodiy faollik darajasining 17,7% ga oshishi bilan bog‘liq.
🔹 Ishsizlik darajasining 1% ga oshishi esa xotin-qizlarning iqtisodiy faollik darajasini 2,5% ga pasaytirishi bilan bog‘liq. 🔎 TADQIQOT QANDAY O‘TKAZILDI? Joriy yilda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan respublikaning barcha hududlarida 2 398 nafar xotin-qiz ishtirokida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi. Ekonometrik tahlil xotin-qizlarning iqtisodiy faolligiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash imkonini berdi. Klaster tahlili esa ularni ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari va mehnat bozoridagi ishtirokiga ko‘ra guruhlarga ajratishga yordam berdi. 📌 Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi bo‘yicha 5 ta tipologik guruh aniqlandi: 1️⃣ Konservativ, iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan xotin-qizlar — 8,0%. Moliyaviy savodxonligi past bo‘lgan ushbu guruh vakillari kasb-hunarga o‘qitish va manzilli bandlik dasturlariga muhtoj. 2️⃣ Tajribali shahar xotin-qizlari — 17,8%. Moliyaviy savodxonligi va bandlik darajasi yuqori bo‘lgan ushbu guruh uchun kasbiy o‘sish, rahbarlikka tayyorlash, mentorlik va biznesni kengaytirish dasturlari muhim. 3️⃣ NEET toifasidagi xotin-qizlar — 10,7%. Ta’lim, mehnat va kasbiy tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etmaydigan ushbu guruh vakillari kasbiy va raqamli ta’lim, stajirovka hamda ishga joylashtirish dasturlariga ehtiyoj sezadi. 4️⃣ Qishloqda yashovchi, oliy ma’lumotli va bandligi yuqori xotin-qizlar — 17,2%. Ushbu guruh uchun moliyalashtirish, kooperatsiya, elektron savdo va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. 5️⃣ Raqamli ko‘nikmalari yuqori bo‘lgan yosh xotin-qizlar — 46,4%. Ushbu guruh vakillari uchun stajirovka, mentorlik, startap-akseleratsiya, moliyalashtirish va ilk ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish dolzarb hisoblanadi. 🌱 TADQIQOT NATIJALARI NIMANI ANGLATADI? Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish quyidagi natijalarga erishishga xizmat qiladi: ✅ Rasmiy bandlik darajasini oshirish;
✅ Tadbirkorlik faolligini rivojlantirish;
✅ Biznesni kengaytirish imkoniyatlarini oshirish;
✅ Daromadlarni mustaqil boshqarish imkoniyatini kengaytirish;
✅ Xotin-qizlarning iqtisodiy o‘ziga ishonchini mustahkamlash;
✅ Yuqori qo‘shilgan qiymatli iqtisodiy tarmoqlardagi ishtirokini kengaytirish. Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish — oila farovonligini mustahkamlash va mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlashning muhim omilidir. ➡️Bizni kuzatib boring:
✍️Ilmiy loyihalarimiz