
Xotin-qizlar iqtisodiy faolligi: 2030-yilgacha qanday o‘zgarish kutilmoqda? 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish mexanizmlarini...
Xotin-qizlar iqtisodiy faolligi: 2030-yilgacha qanday o‘zgarish kutilmoqda? 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida kompleks ilmiy tadqiqot amalga oshirildi. 📊Tadqiqotda mamlakatdagi demografik jarayonlar, mehnat bozori ko‘rsatkichlari, ta’lim imkoniyatlari va xotin-qizlar bandligiga ta’sir etuvchi omillar o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilindi.
Institut olimlari tomonidan 2010–2025-yillardagi statistik ma’lumotlar asosida ekonometrik prognoz baholashlari amalga oshirildi. 📈Tahlilda iqtisodiy faol xotin-qizlar soni natijaviy ko‘rsatkich sifatida belgilanib, ayollarning o‘rtacha yoshi, ishsizlar soni va oliy ta’lim tashkilotlari soni tushuntiruvchi omillar sifatida tanlandi.
📊Ilmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiy faol xotin-qizlar soni 2026-yildagi 6 million 970 ming nafardan 2030 yilga kelib 7 million 300 ming nafarga yetishi kutilmoqda. Besh yil davomida mazkur ko‘rsatkich 330 ming nafarga yoki 4,7 foizga oshishi prognoz qilingan.
⚖️Tahlil natijalari iqtisodiy faol xotin-qizlar sonidagi o‘sish asosan demografik jarayonlar hisobiga ta’minlanishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, miqdoriy o‘sishni munosib mehnat sharoiti, barqaror daromad, sifatli bandlik va iqtisodiy mustaqillik imkoniyatlarining kengayishi bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
⛏Institut tomonidan ishlab chiqilgan mazkur ilmiy prognoz mehnat bozori va gender siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, manzilli dasturlar samaradorligini oshirish hamda asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim tahliliy manba bo‘lib xizmat qiladi.