Asosiy / Yangiliklar / Xalqaro forumda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ma’ruza bilan qatnashdi ✔️Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qozog‘iston Re...
Xalqaro forumda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ma’ruza bilan qatnashdi ✔️Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qozog‘iston Re...
Yangiliklar📅 23 Oktabr 2026👁 27 ko'rishlar

Xalqaro forumda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ma’ruza bilan qatnashdi ✔️Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qozog‘iston Re...

Xalqaro forumda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ma’ruza bilan qatnashdi ✔️Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Perinatal psixologlar va psixoterapevtlar assotsiatsiyasi hamkorligida "Bolalar farovonligi yo‘lida” mavzusidagi Xaqlaro forum o‘tkazilmoqda.

✔️Mazkur anjumanda Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining bo‘lim boshlig‘i yuridik fanlari doktori, dotsent Xurshida Saydivaliyeva-“Bolalarga nisbatan kiberbullingning oldini olishning ijtimoiy-huquqiy jihatlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada kiberbullingning asosiy ko‘rinishlari, uning bolalar ruhiy salomatligiga salbiy ta’siri, bolalarni himoya qilishning huquqiy asoslari hamda kiberbullingning oldini olishda oila, ta’lim muassasalari va jamiyatning o‘rni atroflicha tahlil qilindi.

✔️Shuningdek, Institut bo'lim boshlig'i falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori Rasulbek Xojiyev - “Bolalarni zo‘ravonlik va shafqatsiz muomalaning barcha shakllaridan himoya qilishning ijtimoiy-huquqiy masalalari” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi.

Tadqiqotchi o‘z ma’ruzasida bolalar huquqlarini ta’minlash, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda bu borada ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtaldi.

✔️Institut ilmiy xodimi Nigina Beknazarova esa “Ota-ona-farzand munosabatlarini erta bolalikdan sog’lom shakllantirish va psixologik xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida ma’ruza qildi. ➡️Bizni kuzatib boring:

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling