
⚠️Xabaringiz bor, "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan
⚠️Xabaringiz bor, "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan
Oila va xotin qizlar qo‘mita tizimi xodimlari, shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faollarini alohida dastur asosida malakasini oshirib borish, ularning faoliyatini uslubiy qo‘llab-quvvatlash amalga oshirib kelinadi.
2026-yilga mo‘ljallangan vazifalarni bajarish maqsadida "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil qilindi. 6-martga qadar o‘tkaziladigan 36 soatlik kurslar davomida bir qator dolzab mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🖥Bugun "Asosiy gender tushunchalari atrofidagi bahslar, xalqaro muammolar va O‘zbekistondagi ijtimoiy vaziyat" mavzusida institut bo‘lim boshlig‘i B.Xonto‘rayev hamda "Oilada tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini erta oldini olish hamda profilaktika ishlarini tashkil etish" mavzusida institut bo‘lim boshlig‘i X.Saydivaliyeva tomonidan taqdimot o‘tkazildi.