Asosiy / Yangiliklar / Vasiylik va homiylik instituti: bolalarning huquqiy himoyasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik institutining asosiy maqsadi — muomalaga layoqatsiz yoki to‘liq muomala layo...
Vasiylik va homiylik instituti: bolalarning huquqiy himoyasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik institutining asosiy maqsadi — muomalaga layoqatsiz yoki to‘liq muomala layo...
Yangiliklar📅 9 Oktabr 2026👁 38 ko'rishlar

Vasiylik va homiylik instituti: bolalarning huquqiy himoyasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik institutining asosiy maqsadi — muomalaga layoqatsiz yoki to‘liq muomala layo...

Vasiylik va homiylik instituti: bolalarning huquqiy himoyasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik institutining asosiy maqsadi — muomalaga layoqatsiz yoki to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmagan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir. ⚠️Farqi nimada?

Vasiylik — 14 yoshga to‘lmagan bolalarga belgilanadi.

Homiylik — 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga belgilanadi. Bu tizim ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki ota-onasi o‘z burchlarini bajarmayotgan bolalar uchun eng muhim himoya mexanizmidir. Vasiy va homiyning asosiy majburiyatlari:

-Bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’limini ta’minlash;

-Unik mulkiy huquqlarini (aliment, pensiya, nafaqa, meros va boshqalar) himoya qilish;

-Shaxsiy nomulkiy huquqlarini (sha’n, qadr-qimmat, sog‘liq) himoya qilish;

-Sud va boshqa organlarda bolaning manfaatlarini maxsus vakolatsiz ifoda etish. 💡 Tahlil: Qiz bolalar uchun bu institut ayniqsa muhimdir. Chunki ular ba’zi hollarda oilaviy zo‘ravonlik, erta nikoh xavfi yoki iqtisodiy ekspluatatsiyaga ko‘proq duch kelishi mumkin. Vasiylik va homiylik tizimi davlatning bola huquqlarini ta'minlashdagi mas’uliyatini aks ettiradi. 📖 Manba: Fuqarolik kodeksi 32-modda; “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonun (lex.uz)

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling