
📍Toshkent va Samarqand shaharlarida Inson huquqlari bo‘yicha V...
📍Toshkent va Samarqand shaharlarida Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi bo‘lib o‘tdi. Forum inson huquqlari, tenglik, barqaror rivojlanish va xalqaro majburiyatlarni milliy darajada samarali amalga oshirish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan nufuzli xalqaro muloqot maydoni bo‘ldi.
⏺Mazkur forumda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti “Oila huquqi va gender tenglik” bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori Xurshida Saydivaliyeva ma’ruza bilan ishtirok etdi.
U “Xotin-qizlar huquqlari, gender tengligi va iqlim adolati: xalqaro majburiyatlardan samarali amalga oshirishga” bag‘ishlangan parallel sessiyada xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning takrorlanishining oldini olish masalalariga e’tibor qaratdi.
⏺Ma’ruzada zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan ishlashga qaratilgan tuzatish dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, ularning xavf darajasini aniq mezonlar asosida baholash uchun yagona metodologiya ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. ➡️Bizni kuzatib boring: