
TO‘G‘RI MAQSAD QANDAY QO‘YILADI? “Hayotimni o‘zgartiraman”, “Ko‘proq kitob o‘qiyman”, “Farzandimga ko‘proq vaqt ajrataman”, deb o‘zingizga va’da berasiz-u, ammo hanuz harakatni boshlamadingizmi? ⚡️Dem...
TO‘G‘RI MAQSAD QANDAY QO‘YILADI? “Hayotimni o‘zgartiraman”, “Ko‘proq kitob o‘qiyman”, “Farzandimga ko‘proq vaqt ajrataman”, deb o‘zingizga va’da berasiz-u, ammo hanuz harakatni boshlamadingizmi? ⚡️Demak, sizga yana bir kuchli motivatsiya emas, to‘g‘ri qo‘yilgan maqsad kerak.
⚡️Yuqoridagi jumlalar yaxshi istaklar, ammo aniq maqsad emas. Chunki ularda nimani, qachon va qanday bajarish belgilab olinmagan. Maqsadingizni aniqlashtirish uchun o‘zingizga quyidagi savollarni bering:
🔹 Men aynan nimaga erishmoqchiman?
🔹 Bu men uchun nima sababdan muhim?
🔹 Uni qachongacha amalga oshirmoqchiman?
🔹 Buning uchun qaysi ishni va qanchalik tez-tez bajaraman?
🔹 Maqsadimga erishganimni nimadan bilaman?
🔹 Menga nima xalaqit berishi mumkin va bunday vaziyatda nima qilaman? Masalan:
❌“Farzandimga ko‘proq vaqt ajrataman”.
✔️“Keyingi 30 kun davomida har kuni soat 20:30 da telefonni chetga qo‘yib, farzandim bilan 20 daqiqa suhbatlashaman yoki o‘ynayman”. To‘g‘ri qo‘yilgan maqsad:
✔️aniq bo‘ladi;
✔️bajarish muddati belgilanadi;
✔️imkoniyatingizga mos bo‘ladi;
✔️kichik amaliy qadamlarga bo‘linadi. Katta maqsadni birdan amalga oshirishga urinishdan ko‘ra, unga muntazam kichik qadamlar bilan yaqinlashish samaraliroq. ✏️Tayyor formula:
“Men _ sanagacha _ natijaga erishish uchun har kuni yoki har hafta ___ ishni bajaraman”. Masalan:
“Men 30-sentabrgacha ikkita kitobni o‘qib tugatish uchun har kuni kechqurun 20 daqiqa kitob o‘qiyman”.
Bugun bitta istagingizni tanlang va uni shu formula yordamida aniq maqsadga aylantiring. ⚠️Siz hozir qaysi maqsadingiz ustida ishlayapsiz izohlarda yozib qoldiring?