
TA’LIM LOYIHALARI G‘OLIBLARI TAQDIRANDI 💡Loyiha himoyalari yakunida o‘z ilmiy-amaliy ishlanmalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan guruhlar hamda faol izlanuvchilar munosib taqdirlandi. Tanlov natijalar...
TA’LIM LOYIHALARI G‘OLIBLARI TAQDIRANDI 💡Loyiha himoyalari yakunida o‘z ilmiy-amaliy ishlanmalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan guruhlar hamda faol izlanuvchilar munosib taqdirlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇 — “Otalar akademiyasi” mavzusidagi ta’lim loyihasi;
🥈 — “Nikohning dastlabki 5 yilligida oilaviy nizolar va ajrimga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish” mavzusidagi ta’lim loyihasi;
🥉 — “Nikoh yoshidagi qizlarning oilada huquqiy madaniyatini rivojlantirish” mavzusidagi ta’lim loyihasi loyiq deb topildi. ✨Shuningdek, loyiha jarayonida faollik, tashabbuskorlik, kreativ yondashuv, notiqlik mahorati, tahliliy materiallar sifati va amaliy ishlanmalar tayyorlashdagi alohida hissasi bilan ajralib turgan izlanuvchilar quyidagi maxsus nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:
“Eng yaxshi guruh”;
“Kreativ guruh”;
“Eng yaxshi guruh sardori”;
“Eng yaxshi notiq”;
“Eng faol ishtirokchi”;
“Eng kreativ ishtirokchi”;
“Eng zo‘r tahliliy ma’lumot muallifi”;
“Eng zo‘r ishlanma muallifi”;
“Eng yaxshi mediamahsulot”.
⭐️Ushbu taqdirlashlar doktorantlarning ilmiy izlanish, jamoaviy ishlash, amaliy mahsulot yaratish va tadqiqot natijalarini ta’sirchan taqdim etish borasidagi mehnatini munosib rag‘batlantirishga xizmat qildi.