
#tadbir
#tadbir
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonda raqamli muhitda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning innovatsion yondashuvlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
✔️Tadbirda globallashuv davrida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, tarbiya va qadriyatlar tizimini yangi bosqichga olib chiqish, raqamli muhitning oilaviy hayotga ta’siri, yoshlar, ota-onalar ongi va dunyoqarashidagi o‘zgarishlar, shuningdek, milliy qadriyatlarni mustahkamlashning innovatsion mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.
✔️Mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan fikrlar orasida raqamli savodxonlikni oshirish, ijtimoiy tarmoqlarda sog‘lom axborot muhitini shakllantirish va oilaviy tarbiyada zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
✔️"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlanib, namoyish etilgan “Oila-muqaddas dargoh” nomli rolik tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
✔️Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot intituti tomonidan chop etilgan uslubiy qo‘llanma, risola va bukletlar taqdim etildi.