Asosiy / Yangiliklar / #tadbir
#tadbir
Yangiliklar📅 31 Mart 2026👁 43 ko'rishlar

#tadbir

#tadbir

✍️O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha memorandum imzoladi.

✔️Memorandum mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

✔️Imzolangan hujjat doirasida tomonlar oila va gender siyosati, shuningdek yoshlar siyosati sohalarida qonunchilikni takomillashtirish, parlament nazorati samaradorligini oshirish, ilmiy-tahliliy materiallar tayyorlash va ekspertlik xulosalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadilar.

✔️Shuningdek, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar muammolarini chuqur o‘rganish, ularni hal etishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqish, kadrlar malakasini oshirish va ilg‘or xalqaro tajribani joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

#tadbir