
#tadbir
#tadbir
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan “Mahalla yettiligi faoliyatida jinoyatlarni barvaqt oldini olishning samarali mexanizmlari va ilg‘or tajribalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
✔️Anjuman mahalla tizimida jinoyatlarning barvaqt oldini olish, hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, profilaktik faoliyat samaradorligini oshirish hamda bu boradagi ilg‘or yondashuv va amaliy tajribalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi. Unda "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi R.Hojiyev ishtirok etib, ayollar jinoyatchiligining sabab va oqibatlari haqida ma’ruza qildi.
✔️Konferensiya davomida mahalla yettiligi faoliyatining mazmun-mohiyati, uning jinoyatchilikni jilovlashdagi o‘rni, aholi bilan manzilli ishlash mexanizmlari, ijtimoiy profilaktika choralarini kuchaytirish hamda jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni erta aniqlash masalalari yuzasidan mazmunli ma’ruzalar tinglandi.