
#tadbir
#tadbir
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasida faol ishtirok etildi.
📌 Joriy yilning 12-mart kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bitiruvchilarning kelgusida ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
📈 Mazkur tadbirda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ham faol ishtirok etib, institut faoliyati, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdilar. Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, institut tizimidagi amaliyot dasturlari, mavjud ish o‘rinlari hamda ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalb etish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
📊Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash, ularning mehnat bozoriga moslashuvini kuchaytirish hamda ilmiy faoliyatga qiziqishini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.