
📍Surxondaryoda malaka oshirish kurslari
📍Surxondaryoda malaka oshirish kurslari
⚡️Surxondaryo viloyatida o’tkazilayotgan malaka oshirish kurslarining navbatdagi mashg’ulotlarida "Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Rasul Hojiyev tomonidan “Nizoli oilalar bilan ishlashda keys menejment usulidan foydalanish va tazyiq, zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarni reablitatsiya qilish” mavzusida trening tashkil etildi.
⚡️Institut ilmiy kotibi Ulugʻbek Jabborov tomonidan “Ta’lim, ilm-fanda xotin-qizlarni qo’llab- quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari”, institut ilmiy xodimi Ozoda Qodirova tomonidan “Nizoli oilalar bilan ishlash hamda tizim xodimlari faoliyatida psixologik muloqot va stressni boshqarish” mavzularida mashg’ulotlar o’tkazildi.
⚠️Shuningdek, “Kitoblar karvoni” loyihasi doirasida tinglovchilarga 11 turdagi jami 8 mingdan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanma, buklet, flayerlar tarqatildi.