
📍Surxondaryoda malaka oshirish kurslari
#malaka_oshirish_kurslar
📌Surxondaryoda malaka oshirish kurslari boshlandi
Surxondaryo viloyati Qumqo’rg’on tumanida tizim xodimlari va mahala xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi. Unda 15 ta tuman va shahar bo’limlari mutaxassislari hamda Qumqo’rg’on, Sherobod, Boysun, Sho’rchi va Bandixon tumanlari mahalla xotin-qizlar faollari malaka oshirmoqda.
✔️Dastlabki mashg’ulot “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Husniddin Norqulov tomonidan “Tizim xodimlari faoliyatida samarali boshqaruvni tashkil etish hamda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning zamonaviy mexanizmlari” mavzularida o’tkazildi.
✔️“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Rasul Hojiyev tomonidan “Oila turmush sharoitida ayollar jinoyatchiligi va uni oldini olish hamda tizim xodimlari faoliyatida samarali muloqotni yo’lga qo’yish” mavzularida mashg’ulot olib bordi.
✔️Navbatdagi darslar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i Jahongir Rustamov tomonidan “Sog’lom turmush tarzi farovon oila asosi hamda erta va yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohlarni oldini olish” mavzularida o’tkazildi.