
#stop_korrupsiya
#stop_korrupsiya
🌐Korrupsiya haqida xabar bergan shaxs qonun bilan himoyalanadi
Ko‘pchilik korrupsiya holatini ko‘rsa ham, “keyin menga bosim bo‘lib qolmaydimi?” degan xavotir bilan sukut saqlaydi. Aslida esa qonunchilik bunday shaxslarni himoya qiladi.
✔️O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasiga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘ladi. Ular haqidagi ma’lumotlar xizmat siri hisoblanadi va faqat qonunda belgilangan tartibda oshkor etilishi mumkin.
✔️Shuningdek, bunday shaxsga yoki uning yaqinlariga nisbatan bosim o‘tkazish, tahdid qilish, mehnat huquqlarini buzish, ish joyida tazyiq qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksincha, qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi ham nazarda tutilgan.
💬Bu norma korrupsiyaga befarq bo‘lmaslik faqat fuqarolik pozitsiyasi emas, balki qonun himoyasidagi harakatdir.
Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazodan emas, balki halol fuqaroni himoya qilishdan ham boshlanadi.