Asosiy / Yangiliklar / #stop_korrupsiya
#stop_korrupsiya
Yangiliklar📅 8 Aprel 2026👁 49 ko'rishlar

#stop_korrupsiya

#stop_korrupsiya

2025-yil 30-dekabrda Prezidentning O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan PF-270-son Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-7962922) qabul qilindi.

✍️Hujjatning asosiy mazmuni shundaki, endi e’tibor faqat sodir bo‘lgan korrupsiya holatini jazolashga emas, balki korrupsion omillarni oldindan aniqlash, raqamli nazorat, ichki komplayens va Agentlik vakolatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Farmonda 2030-yilgacha bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar ham belgilangan.

✏️2026-yil 1-iyuldan boshlab 2030-yilgacha bosqichma-bosqich korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etilishi belgilangan. Bu tizim avvalo korrupsiyaga qarshi ishlar samaradorligi reytingida “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlarida joriy qilinadi.

🎮Agar ushbu tizim belgilangan muddatda joriy etilmasa, tegishli davlat organi rahbari va uning o‘rinbosarlariga rag‘batlantirish to‘lovlari to‘xtatib turiladi.

📌Farmonning yana bir yangiligi 2026-yil 1-iyuldan boshlab sinov rejimida “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi ishga tushiriladi. Uning ichidagi “E-Komplaens” moduli orqali ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi.

📊Bu oldingi yondashuvdan farqli ravishda nazoratni “qo‘lda” emas, data va algoritmlar asosida olib borishga o‘tishdir.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

#stop_korrupsiya