Asosiy / Yangiliklar / “STARTAP LOYIHALARNI SHAKLLANTIRISH, GRANTLARGA HUJJAT TAYYORLASH VA XORIJIY STAJIROVKALARDA ISHTIROK ETISH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
“STARTAP LOYIHALARNI SHAKLLANTIRISH, GRANTLARGA HUJJAT TAYYORLASH VA XORIJIY STAJIROVKALARDA ISHTIROK ETISH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
Yangiliklar📅 1 Aprel 2026👁 41 ko'rishlar

“STARTAP LOYIHALARNI SHAKLLANTIRISH, GRANTLARGA HUJJAT TAYYORLASH VA XORIJIY STAJIROVKALARDA ISHTIROK ETISH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI

“STARTAP LOYIHALARNI SHAKLLANTIRISH, GRANTLARGA HUJJAT TAYYORLASH VA XORIJIY STAJIROVKALARDA ISHTIROK ETISH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI

📌"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Startap loyihalarni shakllantirish, grantlarga hujjat tayyorlash va xorijiy stajirovkalarda ishtirok etish” mavzusida ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi.

✔️Tadbirda institutning 40 dan ortiq stajor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant, mustaqil izlanuvchi va institut ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

💡Seminarning maqsadi — izlanuvchilarning ilmiy va innovatsion salohiyatini yuksaltirish, ularda oila, xotin-qizlar va gender sohalarida startap tashabbuslarini shakllantirish, grant loyihalari uchun hujjatlar tayyorlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, xorijiy ilmiy stajirovkalarda ishtirok etish bo‘yicha zarur bilim, ko‘nikma va amaliy yondashuvlarni shakllantirishdan iborat.

⌛Izlanuvchilarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ilmiy g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari bilan tanishtirish maqsadida Innovatsion rivojlanish agentligi bosh mutaxassisi Samandar Shukurov tomonidan oila, xotin-qizlar va gender sohalarida startap loyihalarining xususiyati, ularni tashkil etish, moliyalashtirish va Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, startup.ilmiy.uz platformasining imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi, loyiha topshirish bosqichlari va ishtirok shartlari tushuntirildi.

⌛Seminarda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i Muxsinbek Jo‘rabekov tomonidan xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish va moliyalashtirish, shuningdek, xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, internship.ilmiy.uz platformasi orqali amaldagi stajirovka dasturlari, ishtirok etish shartlari, hujjat topshirish tartibi va saralash mezonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, izlanuvchilarga mustaqil ravishda xorijiy stajirovkalarni tashkil etish va xorijiy universitet hamda ilmiy markazlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi.

O‘quv-seminar yakunida izlanuvchilar mutaxassislar bilan ochiq muloqot olib borib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Shu bilan birga, oila, xotin-qizlar va gender sohalaridagi startap tashabbuslarini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va xorijiy ilmiy stajirovkalarda ishtirok etish bo‘yicha qimmatli amaliy tavsiyalar, yangi g‘oyalar va istiqbolli yo‘nalishlar bilan tanishdilar.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

“STARTAP LOYIHALARNI SHAKLLANTIRISH, GRANTLARGA HUJJAT TAYYORLASH VA XORIJIY STAJIROVKALARDA ISHTIROK ETISH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI