
“SOTSIOLOGIK TADQIQOT NATIJALARINI KODLASHTIRISH VA SPSS DASTURIGA KIRITISH AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
“SOTSIOLOGIK TADQIQOT NATIJALARINI KODLASHTIRISH VA SPSS DASTURIGA KIRITISH AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun “Sotsiologik tadqiqot natijalarini kodlashtirish va SPSS dasturiga kiritish amaliyoti” mavzusida ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi.
✔️ Tadbirda institutning 26 nafar tayanch doktorantlari, doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari faol ishtirok etdi.
💡Seminarning maqsadi — izlanuvchilarning sotsiologik tadqiqotlar jarayonida olingan birlamchi ma’lumotlarni ilmiy asosda kodlashtirish, ma’lumotlarni tozalash, xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, SPSS dasturi yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
⚖️“Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jaxongir Rustamov tomonidan institut izlanuvchilariga so‘rovnoma natijalarini kodlash tamoyillari, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, texnik va mantiqiy xatolarni aniqlash, o‘zgaruvchilar bilan ishlash, ularni SPSS dasturiga to‘g‘ri kiritish hamda dastlabki tahlilga tayyorlash masalalari yuzasidan nazariy va amaliy tushuntirishlar berildi.
📍Amaliy misollar asosida ma’lumotlarni kodlashtirish va SPSS dasturiga kiritish bosqichlari ko‘rsatib berildi. Natijada izlanuvchilar o‘z tadqiqotlari doirasidagi empirik ma’lumotlarni tartibga solish, ularni statistik tahlilga tayyorlash va ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiluvchi dastlabki ishlov berish jarayonlari bo‘yicha batafsil bilim hamda amaliy tasavvurga ega bo‘ldilar.