Asosiy / Yangiliklar / “SOTSIOLOGIK SO‘ROVNOMA TUZISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
“SOTSIOLOGIK SO‘ROVNOMA TUZISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
Yangiliklar📅 22 Aprel 2026👁 49 ko'rishlar

“SOTSIOLOGIK SO‘ROVNOMA TUZISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI

“SOTSIOLOGIK SO‘ROVNOMA TUZISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun “Sotsiologik so‘rovnoma tuzish nazariyasi va amaliyoti” mavzusida ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi.

✔️Tadbirda institutning 30 ga yaqin tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdi.

💡Seminarning maqsadi — izlanuvchilarning sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish, so‘rovnoma va intervyu savollarini ilmiy-metodik talablar asosida shakllantirish, birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish va ularni amaliy tadqiqot jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

⚖️“Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jahongir Rustamov tomonidan institut izlanuvchilariga sotsiologik tadqiqot tushunchasi, uning asosiy bosqichlari, tadqiqotni metodologik va metodik jihatdan tayyorlash, shuningdek birlamchi ma’lumotlarni to‘plash jarayonlari yuzasidan nazariy hamda amaliy ma’lumotlar taqdim etildi.

↗️Amaliy misollar asosida so‘rovnomalar tuzish jarayonlari ko‘rsatib berildi va izlanuvchilar o‘z tadqiqotlari doirasida so‘rovnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha batafsil bilim hamda amaliy tasavvurlarga ega bo‘ldilar.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

“SOTSIOLOGIK SO‘ROVNOMA TUZISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI