
“SOG‘LOM NIKOH MAKTABI” TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari tomonidan tayyorlangan “Sog‘lom nikoh maktabi” nomli ta’lim loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. ⚡️Mazkur loy...
“SOG‘LOM NIKOH MAKTABI” TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari tomonidan tayyorlangan “Sog‘lom nikoh maktabi” nomli ta’lim loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. ⚡️Mazkur loyiha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohning kelib chiqish sabablari, uning oilaviy hayot tarziga, farzand salomatligiga, ota-onalik mas’uliyatiga hamda jamiyatda sog‘lom oila muhitini shakllantirishga ta’sirini o‘rganishga qaratildi.
⚡️Loyihaning asosiy g‘oyasi yaqin qarindoshlar nikohini yoshlar, ota-onalar va keng jamoatchilikni ongli qaror qabul qilishga, tibbiy-ma’rifiy xabardorlikni oshirishga hamda mas’uliyatli tanlov madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirishdan iborat.
⚡️Loyiha doirasida sotsiologik tadqiqot o‘tkazilib, unda respondentlarning yaqin qarindoshlar nikohiga bo‘lgan munosabati, bunday nikohlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan omillar, aholining mavjud xavflardan xabardorlik darajasi hamda salbiy oqibatlar haqidagi qarashlari o‘rganildiva tahliliy ma’lumot tayyorlandi.
✔️Loyiha doirasida:
“To‘g‘ri tanlov – sog‘lom avlod garovi”mavzusida ijtimoiy-psixologik trening dasturi,qarindoshlar nikohini oldini olishga qaratilgan 5 modulli “Sog‘lom nikoh maktabi” o‘quv dasturi va umumiy majmuasi, 10 dan ortiq buklet va flayerlar, 7 ta ijtimoiy rolik yaratildi.