Asosiy / Yangiliklar / “SCOPUS BAZALARIDA INDEKSLANUVCHI ILMIY MAQOLA VA TEZISLAR TAYYORLASH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
“SCOPUS BAZALARIDA INDEKSLANUVCHI ILMIY MAQOLA VA TEZISLAR TAYYORLASH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
Yangiliklar📅 16 Aprel 2026👁 55 ko'rishlar

“SCOPUS BAZALARIDA INDEKSLANUVCHI ILMIY MAQOLA VA TEZISLAR TAYYORLASH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI

“SCOPUS BAZALARIDA INDEKSLANUVCHI ILMIY MAQOLA VA TEZISLAR TAYYORLASH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida “Scopus bazalarida indekslanuvchi ilmiy maqola va tezislar tayyorlash” mavzusida ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi.

✔️Tadbirda institutning 30 dan ortiq stajor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdi.

💡Seminarning maqsadi — tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy nashrlar uchun maqola va tezis tayyorlash bo‘yicha nazariy bilimi hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ilmiy natijalarni tartibli, asosli va ta’sirchan shaklda bayon etish madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish jarayoniga oid muhim talablar yuzasidan atroflicha tushuncha berishdan iborat.

🔭"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent Ulug'bek Jabbarov  tomonidan institut izlanuvchilariga   ilmiy maqolaning tuzilishi, mavzusini to‘g‘ri tanlash, dolzarblik va yangilikni asoslash, qisqacha mazmun, kalit tushunchalar, adabiyotlar bilan ishlash, nashr uchun munosib jurnalni tanlash, taqriz jarayoniga tayyorgarlik, shuningdek, ilmiy halollik va mualliflik mas’uliyati masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

“SCOPUS BAZALARIDA INDEKSLANUVCHI ILMIY MAQOLA VA TEZISLAR TAYYORLASH” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI