Asosiy / Yangiliklar / 📍Samarqand shahrida “Demokratik taraqqiyotda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi” mavzusida Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumi bo‘...
📍Samarqand shahrida “Demokratik taraqqiyotda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi” mavzusida Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumi bo‘...
Yangiliklar📅 17 Sentabr 2026👁 25 ko'rishlar

📍Samarqand shahrida “Demokratik taraqqiyotda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi” mavzusida Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumi bo‘...

📍Samarqand shahrida “Demokratik taraqqiyotda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi” mavzusida Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumi bo‘lib o‘tdi. 📉Forum doirasida xalqchil boshqaruv va ijtimoiy sheriklik, inson manfaatlari va farovonligi, yoshlar va xotin-qizlar faolligi, raqamli transformatsiya, ekologik tashabbuslar, qo‘shma loyihalar va tajriba almashinuvi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tadbir uchta parallel tadbir va to‘qqizta sessiya shaklida o‘tkazilib, davlat va jamoat institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Forumda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva “Oilalar barqarorligini ta’minlashda O‘zbekiston tajribasi” mavzusida ma’ruza qildi.

📉Forumning muhim jihati O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasini o‘zaro o‘rganish, ilg‘or yondashuvlarni muhokama qilish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

📉Tadbir yakunida fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va mintaqaviy aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tavsiyalar va rezolyusiya qabul qilinishi belgilandi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling