Asosiy / Yangiliklar / “PSIXOLOGIK MASLAHAT JARAYONIDA MULOQOT KO‘NIKMALARI: FAOL TINGLASH, EMPATIYA VA OILAVIY MULOQOTNI SAMARALI TASHKIL ETISH AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
“PSIXOLOGIK MASLAHAT JARAYONIDA MULOQOT KO‘NIKMALARI: FAOL TINGLASH, EMPATIYA VA OILAVIY MULOQOTNI SAMARALI TASHKIL ETISH AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI
Yangiliklar📅 7 May 2026👁 80 ko'rishlar

“PSIXOLOGIK MASLAHAT JARAYONIDA MULOQOT KO‘NIKMALARI: FAOL TINGLASH, EMPATIYA VA OILAVIY MULOQOTNI SAMARALI TASHKIL ETISH AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI

“PSIXOLOGIK MASLAHAT JARAYONIDA MULOQOT KO‘NIKMALARI: FAOL TINGLASH, EMPATIYA VA OILAVIY MULOQOTNI SAMARALI TASHKIL ETISH AMALIYOTI” MAVZUSIDA ILMIY-O‘QUV SEMINARI

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun “Psixologik maslahat jarayonida muloqot ko‘nikmalari: faol tinglash, empatiya va oilaviy muloqotni samarali tashkil etish amaliyoti” mavzusida ilmiy-o‘quv seminari tashkil etildi.

✔️Tadbirda institutning 30 dan ortiq tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdi.

💡Seminarning maqsadi — izlanuvchilarning psixologik maslahat va oilaviy ishlash jarayonida samarali muloqotning nazariy asoslarini chuqur anglash, faol tinglash va empatiya ko‘nikmalarini rivojlantirish, oila ichidagi hamda er-xotin o‘rtasidagi muloqotni tahlil qilish, shuningdek, amaliy faoliyatda sog‘lom va konstruktiv muloqot muhitini shakllantirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

⚖️Seminarda Turkiya Respublikasining Nejmettin Erbakan universiteti professori Birol Merjan hamda  Nejmettin Erbakan universiteti professori, Psixologik maslahat markazi direktori Suleyman Barbaros Yalchınlar tomonidan institut izlanuvchilariga muloqotning tabiati, transaksion tahlil, faol tinglash, empatiya, so‘zli va so‘zsiz muloqot, oila ichidagi muloqot hamda er-xotin o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan nazariy hamda amaliy ma’lumotlar taqdim etildi.

➡️Amaliy misollar asosida faol tinglashning mikroko‘nikmalari, tinglashga to‘sqinlik qiluvchi omillar, empatiya va simpatiya o‘rtasidagi farqlar, oiladagi salbiy muloqot namunalarini aniqlash va ularni konstruktiv yondashuvlar bilan almashtirish yo‘llari ko‘rsatib berildi. Seminar yakunida ishtirokchilarga psixologik maslahat, oilaviy munosabatlar va ilmiy-amaliy faoliyatda samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim metodik tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling