Asosiy / Yangiliklar / O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar sonini bilasizmi?
O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar sonini bilasizmi?
Yangiliklar📅 12 Fevral 2026👁 6 ko'rishlar

O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar sonini bilasizmi?

🧮Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatimizga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 1159 nafarni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 1,9 baravarga, 2023-yilga nisbatan esa 2,5 baravarga kamaygan.


📊Ko‘chib kelganlarning asosiy qismi hududlar orasida aholi sonining ko‘pligi bo‘yicha oltinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahriga (60,2 %), yettinchi o‘rinni egallagan Toshkent viloyatiga (23,7 %) va o‘n birinchi o‘rinni egallagan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 

(8,7 %) to‘g‘ri kelgan.  


🚀Ma’lumot uchun: 2024-yilda doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning 36,5 foizi Rossiya Federatsiyasiga, 24,2 foizi Qozog‘iston, 10,8 foizi Tojikiston, 6,9 foizi Qirg‘iziston, 2,5 foizi Turkmaniston va 19,1 foizi boshqa Respublikalarga to‘g‘ri kelgan. 


📊Shuningdek, doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning 61,5 foizi Toshkent shahriga, 8,2 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, 18,3 foizi Toshkent, 4,6 foizi Farg‘ona va 7,4 foizi boshqa viloyatlarga to‘g‘ri kelgan.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar sonini bilasizmi?