
🇺🇿 O‘ZBEKISTONDA YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKDA GENDER MUVOZANAT YAXSHILANMOQDA
🇺🇿 O‘ZBEKISTONDA YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKDA GENDER MUVOZANAT YAXSHILANMOQDA
📊 Mamlakatimizda xotin-qizlarning yakka tartibdagi tadbirkorlikdagi ishtiroki ortib, iqtisodiy faollikda gender tafovuti qisqarmoqda.
📈 2025-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar orasida xotin-qizlar ulushi 43,4 foizni tashkil etib, 2021-yilga (39,4 %) nisbatan qariyb 4 foiz punktga oshgan. Erkaklar ulushi esa 60,6 foizdan 56,6 foizga qisqargan.
Boshqacha aytganda, 2021-yilda har 10 nafar yakka tartibdagi tadbirkorning qariyb 4 nafari ayol bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 4,3 nafarga yetdi.
📍 Hududlar kesimida gender muvozanati bir xil emas.
Xususan, ayollar ulushi quyidagi hududlarda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan:
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 53,9 %;
🔹 Navoiy viloyati — 52,0 %;
🔹 Sirdaryo viloyati — 50,9 %;
🔹 Xorazm viloyati — 50,7 %.
Mazkur hududlarda xotin-qizlar yakka tartibdagi tadbirkorlarning yarmidan ko‘pini tashkil etmoqda.
📉 Aksincha, ayrim hududlarda ayollarning tadbirkorlikdagi ishtiroki nisbatan past darajada saqlanmoqda:
🔸 Namangan viloyati — 31,2 %;
🔸 Farg‘ona viloyati — 35,4 %;
🔸 Toshkent shahri — 36,1 %.
✅ Mazkur tendensiya xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va oila daromadlarini diversifikatsiya qilish uchun muhim imkoniyatlarni ifodalaydi.
Ayollarning tadbirkorlikdagi ishtiroki kengayishi ularning iqtisodiy qarorlar qabul qilishdagi rolini kuchaytirish, kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va oila farovonligini oshirishga xizmat qiladi. ➡️Bizni kuzatib boring: