Asosiy / Yangiliklar / O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2050 yilgacha o‘sishi kutilmoqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Ichki va tashqi migratsiyaning demografik jarayonlar va oila institutiga uzoq mudd...
O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2050 yilgacha o‘sishi kutilmoqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Ichki va tashqi migratsiyaning demografik jarayonlar va oila institutiga uzoq mudd...
Yangiliklar📅 29 Avgust 2026👁 110 ko'rishlar

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2050 yilgacha o‘sishi kutilmoqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Ichki va tashqi migratsiyaning demografik jarayonlar va oila institutiga uzoq mudd...

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2050 yilgacha o‘sishi kutilmoqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Ichki va tashqi migratsiyaning demografik jarayonlar va oila institutiga uzoq muddatli ta’sirini baholash” ilmiy loyihasi doirasida tug‘ilish ko‘rsatkichlarining uzoq muddatli prognozi amalga oshirildi.

Prognoz natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni kelgusi yillarda o‘sishda davom etadi. 2030 yilda — 892,7 ming nafar 2040 yilda — 1 016,1 ming nafar 2050 yilda — 1 234,1 ming nafar

Shu tariqa, 2050 yilga kelib tug‘ilishlar soni 2025 yilga nisbatan 354,5 ming kishiga yoki 40,3 foizga ko‘payishi prognoz qilinmoqda. Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish sur’atlari:

• Toshkent viloyati — 62,0 %

• Toshkent shahri — 61,0 %

• Andijon viloyati — 48,6 %

• Samarqand viloyati — 43,3 %

• Namangan viloyati — 42,4 % Tug‘ilishning umumiy koeffisiyenti bo‘yicha esa o‘rta muddatda biroz pasayish, keyinchalik barqaror o‘sish tendensiyasi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 2030 yilda 21,2 promille, 2040 yilda 20,8 promille, 2050 yilda esa 21,9 promilleni tashkil etishi prognoz qilingan. 2050 yilda tug‘ilish koeffisiyenti eng yuqori bo‘lishi kutilayotgan hududlar:

• Surxondaryo viloyati — 24,7 promille

• Qashqadaryo viloyati — 23,8 promille

• Namangan viloyati — 23,1 promille

• Samarqand viloyati — 23,1 promille

• Andijon viloyati — 22,9 promille

• Toshkent shahri — 22,3 promille Tug‘ilishlar sonining prognoz qilinayotgan o‘sishi kelgusi yillarda ta’lim, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, uy-joy, ijtimoiy xizmatlar va mehnat bozori infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojni ham oshiradi.

Shu nuqtai nazardan, demografik o‘zgarishlarni oldindan baholash davlat resurslarini samarali taqsimlash, hududlarni kompleks rivojlantirish va inson kapitaliga investitsiyalarni strategik rejalashtirish imkonini beradi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling