Asosiy / Yangiliklar / O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlari: qaysi hudud yetakchi?
O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlari: qaysi hudud yetakchi?
Yangiliklar📅 23 Aprel 2026👁 57 ko'rishlar

O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlari: qaysi hudud yetakchi?

O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlari: qaysi hudud yetakchi?

🗓2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilishning umumiy koeffisiyenti 1000 aholiga nisbatan 23,2 promilleni tashkil etdi.

🌎Xalqaro taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi qator davlatlarga nisbatan yuqoriroq hisoblanadi. Jumladan, ushbu ko‘rsatkich Rossiyada – 8,6, Moldovada – 9,8, Ozarbayjonda – 10,0, Armanistonda – 11,1, Qozog‘istonda – 18,2 hamda Qirg‘izistonda – 19,4 promilleni tashkil etadi.

↗️Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Surxondaryo (27,5‰), Qashqadaryo (27,1‰) va Samarqand (24,5‰) viloyatlarida tug‘ilish darajasi eng yuqori.

📉Aksincha, tug‘ilish ko‘rsatkichi nisbatan past bo‘lgan hududlar qatoriga Toshkent shahri (19,8‰), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (19,2‰) va Toshkent viloyati (20,5‰) kiradi.

⚖️Tug‘ilish koeffisiyentini baholash mezonlariga muvofiq, agar ushbu ko‘rsatkich 16,0 promillegacha bo‘lsa – “past”, 16,0–24,9 promille oralig‘ida bo‘lsa – “o‘rtacha”, 25,0–29,9 promille oralig‘ida bo‘lsa – “o‘rtachadan yuqori”, 30,0–39,9 promille oralig‘ida bo‘lsa – “yuqori”, 40 va undan yuqori bo‘lsa – “juda yuqori” daraja sifatida baholanadi.

📊Ushbu mezonlarga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi “o‘rtacha” toifaga kiradi. Hududlar kesimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida tug‘ilish darajasi “o‘rtacha”, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa “o‘rtachadan yuqori” hisoblanadi.

✔️Umuman olganda, O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi o‘rtacha ko‘rsatkichda saqlanmoqda. Shu bilan birga, tug‘ilish darajasining barqarorligini ta’minlash va oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks demografik siyosatni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlari: qaysi hudud yetakchi?