Asosiy / Yangiliklar / O‘zbekistonda nikoh barqarorligi qay darajada?
O‘zbekistonda nikoh barqarorligi qay darajada?
Yangiliklar📅 21 Aprel 2026👁 49 ko'rishlar

O‘zbekistonda nikoh barqarorligi qay darajada?

O‘zbekistonda nikoh barqarorligi qay darajada?

🗓2025-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffisiyenti 175,6 promilleni tashkil etgan. Bu har 1000 ta nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi. Mazkur ko‘rsatkich xalqaro miqyosda  past bo‘lib, mamlakatda ajrimlar darajasi ko‘plab davlatlarga nisbatan ancha kam ekanini ko‘rsatadi.

🌎Jumladan, nikoh barqarorligi koeffisiyenti Moldovada – 642,7, Ozarbayjonda – 431,9, Qozog‘istonda – 328,2, Qirg‘izistonda esa – 289,6 promilleni tashkil etadi.

📊Bu raqamlar bilan solishtirganda, O‘zbekistonda oila instituti nisbatan barqaror ekani namoyon bo‘ladi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Aksincha, Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrimlar nisbatan yuqoriroq ekani kuzatiladi.

📈Tahlillardan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda ajrimlar darajasi xalqaro ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha past bo‘lib, bu jamiyatda oilaviy qadriyatlar ustuvor ekanini va nikohlar barqarorligini ko‘rsatadi.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

O‘zbekistonda nikoh barqarorligi qay darajada?