
O‘zbekistonda alimentning hisob-kitob miqdori oshdi
O‘zbekistonda alimentning hisob-kitob miqdori oshdi
📖O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, agar aliment to‘lovchi shaxs ishlamasa yoki uning daromadini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa, aliment qarzi mamlakatdagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
📊Majburiy ijro byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, aliment to‘lovchilarning 61 foizi ish bilan ta’minlanmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega emas. Bu esa mazkur o‘zgarish aliment to‘lovchilarning katta qismi uchun dolzarb ekanini ko‘rsatadi.
📈2026-yil 28-apreldan boshlab O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichining 6,8 million so‘mdan oshgani sababli rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar ham oshdi.
🧮Natijada taxminiy aliment to‘lovlari:
✔️bir nafar bola uchun — 1,7 mln so‘m;
✔️ikki nafar bola uchun — 2,3 mln so‘m;
✔️uch va undan ortiq bola uchun — 3,4 mln so‘m atrofida hisoblanmoqda.
⚖️Qayta hisob-kitob amaldagi qonunchilik asosida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.