Asosiy / Yangiliklar / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:
Yangiliklar📅 7 Mart 2026👁 44 ko'rishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:

Bugun Yangi O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil kirib bormoqda. Biz o‘z oldimizga, avvalo, inson baxti, inson qadri uchun xizmat qiladigan ulkan maqsadlar qo‘yganmiz. Chunki, inson baxti – oiladan boshlanadi, oila esa ayol bilan mustahkam. Kelajak avlodlar ana shu muqaddas makonda kamolga yetadi. Hech shubhasiz, bu borada qizlarimizning ma’naviy tarbiyasi hal qiluvchi o‘rin tutadi.

Mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas fazilatlar qizlarimiz qalbiga buvijonlarning nasihat va o‘gitlari bilan kiradi. Bunday oilada tarbiya olgan qizlarimiz yurish-turishi, odob-axloqi va hayotga munosabati bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelgan. Bugungi sharoitda ana shu tarbiya maktabiga ehtiyoj har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi.

Shu o‘rinda men o‘ta og‘ir sinov damlarida ham qaddi bukilmagan, butun umrini oilasiga, farzandiga bag‘ishlagan barcha onaxonlarimizga murojaat qilmoqchiman.

Biz 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilganimiz bejiz emas. Dunyodagi vaziyat qanday tahlikali bo‘lib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz.

Bunday murakkab davrda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik Alloh taolo bergan ulug‘ ne’mat ekanini yanada chuqur his etmoqdamiz. Uni asrash esa har birimizning muqaddas burchimizdir.

Mana shunday sharoitda duogo‘y buvijonlarimiz, mo‘tabar onaxonlarimiz oilalarda bu ne’matning qadriga yetish, uni asrab-avaylash va farzandlar, nabiralarga shukronalik tuyg‘usini singdirishda namuna bo‘ladilar, deb ishonaman.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan: