Asosiy / Yangiliklar / 🔵O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida “Ayollar va bolalarga...
🔵O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida “Ayollar va bolalarga...
Yangiliklar📅 3 Oktabr 2026👁 24 ko'rishlar

🔵O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida “Ayollar va bolalarga...

🔵O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida “Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishining kriminologik omillari: muammolar, profilaktika va innovatsion yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

🔵Konferensiyada Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori Xurshida Saydivaliyeva “Xotin-qizlar va bolalarga qarshi qaratilgan kiberzo‘ravonlikni oldini olishning ijtimoiy-huquqiy jihatlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

🔵Ma’ruzada raqamli muhitda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan sodir etilayotgan kiberzo‘ravonlikning zamonaviy ko‘rinishlari, ularning salbiy oqibatlari, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish va jabrlanuvchilarni himoya qilishning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritildi.

Shuningdek, kiberbulling, onlayn ta’qib, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy tarqatish va boshqa raqamli tahdidlarga qarshi samarali profilaktika choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. ➡️Bizni kuzatib boring:

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling