Asosiy / Yangiliklar / “OTALAR AKADEMIYASI” TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida tadqiqotchi-doktorantlar tomonidan tayyorlangan “Otalar akademiyasi” mavzusidagi ta’lim loyihasi taqdimoti o‘tkazildi....
“OTALAR AKADEMIYASI” TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida tadqiqotchi-doktorantlar tomonidan tayyorlangan “Otalar akademiyasi” mavzusidagi ta’lim loyihasi taqdimoti o‘tkazildi....
Yangiliklar📅 2 Iyul 2026👁 68 ko'rishlar

“OTALAR AKADEMIYASI” TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida tadqiqotchi-doktorantlar tomonidan tayyorlangan “Otalar akademiyasi” mavzusidagi ta’lim loyihasi taqdimoti o‘tkazildi....

“OTALAR AKADEMIYASI” TA’LIM LOYIHASI 🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida tadqiqotchi-doktorantlar tomonidan tayyorlangan “Otalar akademiyasi” mavzusidagi ta’lim loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. ✔️Loyihaning asosiy maqsadi otalarning farzand tarbiyasidagi real ishtiroki, mas’uliyat darajasi, ota-onalik ko‘nikmalari, oiladagi tarbiyaviy hamkorlik va bolalarning emotsional-ijtimoiy rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish hamda ushbu yo‘nalishda amaliy tavsiyalar, metodik materiallar, trening dasturlari va targ‘ibot vositalarini ishlab chiqishdan iborat.

✔️Loyiha doirasida 625 nafar respondent ishtirokida sotsiologik tadqiqot o‘tkazilib, otalarning kundalik parvarish, ta’lim jarayoni, emotsional qo‘llab-quvvatlash, axloqiy tarbiya, internet xavfsizligi, do‘stlar davrasi, sog‘lom turmush tarzi va kelajak maqsadlari bo‘yicha farzand hayotidagi ishtiroki tahlil qilindi va tahliliy ma’lumot tayyorlandi.

✔️Loyiha doirasida 7 ta asosiy modulni o‘z ichiga “Otalar akademiyasi” modeli, “Otam bilan bir kun” nomli tarbiyaviy-amaliy dastur, “Stereotiplarga qarshi qo‘llanma”, “Oilada sog‘lom muloqot, ishonch va qaror qabul qilish” metodik qo‘llanmasi, “Zamonaviy ota va raqamli muhit” mavzusida ma’ruza matni, muammoli vaziyatlarga taklif va tavsiyalarni o‘z ichiga olgan keyslar to‘plami, otalar uchun 30 kunlik odatlar trekkeri ishlab chiqildi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling