Asosiy / Yangiliklar / O’quv loyihalarining yangi bosqichiga start berildi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorant va izlanuvchilarining ilmiy salohiyatini rivojlantirish, dolzarb oilaviy masalalar yuzas...
O’quv loyihalarining yangi bosqichiga start berildi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorant va izlanuvchilarining ilmiy salohiyatini rivojlantirish, dolzarb oilaviy masalalar yuzas...
Yangiliklar📅 23 Sentabr 2026👁 50 ko'rishlar

O’quv loyihalarining yangi bosqichiga start berildi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorant va izlanuvchilarining ilmiy salohiyatini rivojlantirish, dolzarb oilaviy masalalar yuzas...

O’quv loyihalarining yangi bosqichiga start berildi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorant va izlanuvchilarining ilmiy salohiyatini rivojlantirish, dolzarb oilaviy masalalar yuzasidan yangi g‘oyalarni ilgari surish va ularni amaliy takliflarga aylantirish maqsadida o’quv loyihalarining ikkinchi qismi boshlandi.

Loyiha ishtirokchilari oila institutini mustahkamlash, nikohga tayyorgarlik, otalarning oiladagi mas’uliyati hamda oilaviy muammolarni erta aniqlash va hal etish bilan bog‘liq quyidagi mavzular yuzasidan ilmiy izlanish olib boradi:

⏺“Mas’uliyatli ota” milliy dasturi; ⏺“Mustahkam oila — nikohga tayyorlashning yangi tizimi”; ⏺ “Oila barometri — oilaviy inqirozlarni erta aniqlash tizimi”; ⏺“Oilaning birinchi 1000 kuni” dasturi; ⏺“Oila mediatori” professional xizmatini joriy etish; ⏺ “Oilaga ikkinchi imkoniyat” dasturi. Izlanuvchilar o‘z mavzulari bo‘yicha mavjud muammolarni o‘rganib, ularning yechimiga qaratilgan loyiha takliflarini ishlab chiqadi. Loyihalarning yakuniy taqdimotlari dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling