Asosiy / Yangiliklar / Oiladagi ishonchdan xalqaro maydondagi ishonchgacha Ayollarning ovozi eshitilgan joyda tinchlik, muloqot va murosa uchun imkoniyatlar kengayadi. Ularning diplomatiyadagi mazmunli ishtiroki muzokaralar...
Oiladagi ishonchdan xalqaro maydondagi ishonchgacha Ayollarning ovozi eshitilgan joyda tinchlik, muloqot va murosa uchun imkoniyatlar kengayadi. Ularning diplomatiyadagi mazmunli ishtiroki muzokaralar...
Yangiliklar📅 4 Avgust 2026👁 91 ko'rishlar

Oiladagi ishonchdan xalqaro maydondagi ishonchgacha Ayollarning ovozi eshitilgan joyda tinchlik, muloqot va murosa uchun imkoniyatlar kengayadi. Ularning diplomatiyadagi mazmunli ishtiroki muzokaralar...

Oiladagi ishonchdan xalqaro maydondagi ishonchgacha Ayollarning ovozi eshitilgan joyda tinchlik, muloqot va murosa uchun imkoniyatlar kengayadi. Ularning diplomatiyadagi mazmunli ishtiroki muzokaralarni turli nuqtayi nazarlar bilan boyitadi, qarorlarning yanada inklyuziv bo'lishiga va tinchlik kelishuvlarining barqarorligiga xizmat qiladi. 📊Raqamlar nima deydi?

Biroq ayollar diplomatiyaning yuqori lavozimlarida hali ham yetarli darajada vakillikka ega emas:

• Anwar Gargash Diplomatic Academy'ning 2025 Women in Diplomacy Index ma'lumotlariga ko'ra, ayollar dunyo bo'yicha elchi va BMTdagi doimiy vakil lavozimlarining 22,5%ini egallaydi; • Osiyoda esa bu ko'rsatkich atigi 13%ni tashkil etadi. O'zbekiston gender strategiyasi yaqin kelajakdagi maqsadlari qanday?

O'zbekistonda 2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko'rsatkichlari 2026-yilda yangilandi. 12-indikatorga muvofiq:

• 2026 va 2027-yillarda — har yili 1 nafardan • 2028, 2029 va 2030-yillarda — har yili 2 nafardan xorijdagi ayol elchilar sonini oshirish rejalashtirilgan. 💡 Asosiy fikr

Bu natijalarga faqat hujjatlardagi raqamlar orqali emas, balki: ✔️oiladagi qo'llab-quvvatlash ✔️kasbiy rivojlanish imkoniyatlari ✔️davlat boshqaruvidagi ishonch orqali erishiladi. Oila — ayolning ta'lim olishi, xorijiy tillarni o'rganishi, xizmat safarlarida qatnashishi va rahbarlik mas'uliyatini olishiga to'siq emas, balki tayanch bo'lishi kerak.

Stereotiplar ayolning oilaviy mas'uliyati bilan professional faoliyatini bir-biriga qarshi qo'ymasligi lozim. Malakali ayollarga ishonch bildirilishi, shaffof martaba o'sishi va strategik vazifalarga teng imkoniyat — belgilangan maqsadlarga erishishning muhim sharti.

Ayollarning diplomatiyadagi ishtiroki — shunchaki statistika emas. Bu oila qo'llab-quvvatishi, jamiyat qarashlarining o'zgarishi va davlatning ayol mutaxassis salohiyatiga bo'lgan ishonchidir.

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling