
Yangiliklar📅 15 Iyun 2026👁 62 ko'rishlar
Oila va xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan sog‘lom turmush tarzi,...
Oila va xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik va birdamlikni targ‘ib etish maqsadida “Ayollar sport olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichi doirasida ommaviy ertalabki badantarbiya mashqlari hamda “Besh ming qadam” yurish marafoni tashkil etildi. 🚩Mazkur tadbir mamlakatimiz xotin-qizlarini sog‘lom turmush tarzi, sport va jismoniy faollik atrofida birlashtirish, salomatlikni mustahkamlash, giyohvandlikka murosasiz muhitni yaratish hamda faol hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
Yurish marafonida “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti ayollari ham faol ishtirok etdi.