
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng muhokama qilindi. Shu bilan birga, institutning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan strategik dasturining asosiy ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Institut bo‘limlari tomonidan 2026-yil uchun ishlab chiqilgan ish rejalarining bajarilish holati yuzasidan axborotlar eshitildi va tahlil qilindi. Yig‘ilishda, so‘nggi 10 yil davomida oila va gender tengligi sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiya qilish hamda ularni tizimli tahlil qilishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, institutning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritish, axborotlarning ochiqligi va tezkorligini ta’minlash masalalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.