
Yangiliklar📅 15 Iyun 2026👁 67 ko'rishlar
📍“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilayotgan malaka...
📍“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslarining navbatdagisi Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida start oldi. 📈Unda 38 nafar oila va xotin qizlar qo‘mitasi tizimi xodimlari hamda 240 nafarga yaqin Yozyovon, So‘x, Rishton, Bag‘dod, Oltiariq, Quva tumanlari hamda Quvasoy shahri mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etmoqda. Bir hafta davomida tinglovchilarga ish faoliyatida zarur bo‘ladigan qator dolzarb mavzularda mashg‘ulotlar o‘tilishi rejalashtirilgan.