Asosiy / Yangiliklar / "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyati...
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyati...
Yangiliklar📅 11 Iyun 2026👁 93 ko'rishlar

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyati...

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga 15 turdagi jami 8 ming 160 nusxa uslubiy va amaliy qo‘llanma hamda buklet va flayerlar yetkazib berildi. 🧐Ushbu uslubiy materiallar viloyatda faoliyat yuritayotgan barcha mahalla xotin-qizlar faollariga taqdim qilinadi.

Mazkur uslubiy materiallar joylarda oilaviy nizolarning oldini olish va unga to'g'ri yechim topish, bolalarga nisbatan hamda ruhiy zo‘ravonlikka barham berish, turli gender stereotiplarga qarshi kurashish orqali tenglikni ta’minlash, farzandlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, to‘ylar bilan bog‘liq muammolarni tartibga solish hamda psixologik sog‘lom oila tamoyillarini joriy etish kabi dolzarb masalalarni hal etishda yaqindan yordam beradi. Eng asosiysi, bu manbalar mahalla xotin-qizlar faollarining oilalar bilan ishlashdagi kundalik faoliyatida juda foydali amaliy dasturilamal bo'lib xizmat qiladi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling