
🧐“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Jizzax viloyatida...
🧐“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda. ✔️Tizim xodimlari va mahalla xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan navbatdagi mashg’ulot institut bo'lim boshlig'i yuridik fanlari doktori, dotsent X.Saydivaliyeva tomonidan "Oilalarda tazyiq va zo'ravonlik holatlarining erta oldini olish va profilaktika ishlarini tashkil etish" va "Oilaviy nizolarni barvaqt oldini olishda keys menejment usulini qo'llash va idoralararo hamkorlikni to'g'ri yo'lga qo'yish" mavzularida o’tkazildi.
✔️Shuningdek, institut katta ilmiy xodimi R.Hojiyev tomonidan "Xotin-qizlar tizimida murojaatlar bilan samarali muloqotni yo'lga qo'yish" va "Oila-turmush munosabatlari doirasida ayollar jinoyatchiligi: sabablar, oqibatlar, profilaktika mexanizmlari" mavzularida mashg’ulotlar o’tkazildi.