
Yangiliklar📅 7 Iyul 2026👁 58 ko'rishlar
📌“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Jizzax viloyatida...
📌“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda. ✔️Tizim xodimlari va mahalla xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan kurslarda institut bo'limi boshlig'i Sh.Dusnayev "Oila va xotin-qizlar tizomida statistik ma'lumotlar bilan ishlash, monitoring hamda baholash" mavzusida ma'ruza qildi. ✔️Shuningdek, institut kichchik ilmiy xodimi N.Beknazarova "Psixologik muloqot va stressni boshqarish: Nizoli vaziyatlarda neytrallik, barqarorlik va professional mahorat" mavzusida mashg’ulotlar olib bordi.