
📍“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Farg‘ona viloyatida...
📍“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda. ✔️Viloyat tizim xodimlari hamda mahalla xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan kurslarda institut ilmiy kotibi U.Jabborov "Xotin-qizlarni ta’lim va ilm-fanga jalb etish mexanizmlari" mavzusida ma'ruza qildi. Unda ta’lim grantlari, stipendiyalar, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari, innovatsion loyihalarda ishtirok etish hamda ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish usullari tahlil qilinadi.
✔️Shuningdek, institut boʻlim boshligʻi J.Rustamov ham "Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash mexanizmlari" mavzusida ma'ruza qilib, ularning ehtiyojlarini aniqlash, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy himoya choralarini tashkil etish masalalarini tahlil qildi.