
📍“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Farg‘ona viloyatida...
📍“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda. ✔️Mahalla xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan kurslarda institut direktori oʻrinbosari H.Abduramanov "Jamiyatda nikoh institutining oʻrni va ahamiyati" mavzusida ma'ruza qildi. Unda nikohning huquqiy, ma’naviy va ijtimoiy asoslari, sog‘lom oila qurish hamda kelajak-avlod tarbiyasidagi ahamiyati yoritildi. Shuningdek, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, er-xotin o‘rtasidagi mas’uliyat va o‘zaro hurmatni shakllantirish orqali jamiyat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasi tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, institut katta ilmiy xodimi R.Hojiyev "Oilalarda manaviy-ahloqiy muhutni sogʻlomlashtirish" mavzusida ma'ruza qilib, unda oila a’zolari o‘rtasidagi samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, farzand tarbiyasida ijobiy muhit yaratish hamda nizo va kelishmovchiliklarning oldini olishning zamonaviy usullari yoritildi.
✔️Oʻquvlarda institut boʻlim boshligʻi D.Mirzarayimov tomonidan "Oila va xotin-qizlar tizimida ijtimoiy hamkorlik mexanizmlari" mavzusida ham ma'ruza qilinib, unda aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, muammoli oilalar va xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatishda hamkorlikning samarali usullari haqida soʻz yuritildi.