
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Davlat xizmatida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashning amaliy choralarini takomillashtirish” mavzusida tadq...
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Davlat xizmatida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashning amaliy choralarini takomillashtirish” mavzusida tadqiqot o‘tkazildi. 🧮Tadqiqot Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qarshi va Nukus shaharlarida 1117 nafar respondent ishtirokida o‘tkazildi. Jins bo‘yicha respondentlarning 47,1 foizini ayollar, 52,9 foizini erkaklar tashkil etdi. 🛍Tadqiqotning asosiy maqsadi davlat xizmatida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashning amaliy holatini o‘rganish, mavjud muammo va xavf omillarini aniqlash, shuningdek ishga qabul qilish, xizmatda o‘sish va rahbarlik lavozimlariga tayinlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Rahbarlik lavozimlarida gender toʻsiqlari sezilarli darajadami? ⚖️Tahlil natijalari ishga qabul qilish bosqichida erkak va ayol respondentlarning qarashlari deyarli bir xil ekanini ko‘rsatdi. Erkaklarning 78,5% va ayollarning 77,9% imkoniyatlarni teng deb hisoblaydi. Ishga qabul qilish jarayonida erkaklar ustunlikka ega degan fikrni 16,1% erkaklar va 15,1% ayollar deyarli bir xil darajada qayd etgan. 🪣Ayollar ustunlikka ega degan qarash esa har ikki guruhda ham juda kam uchrab, erkaklar orasida 1,7%, ayollar orasida 1,8%ni tashkil etgan.
Erkaklarning 59,0% va ayollarning 54,0% rahbarlikka ko‘tarilishda imkoniyatlar teng deb hisoblaydi. 🏦Shu bilan birga, rahbarlik lavozimlarida erkaklar ustunligi mavjud degan fikr ayollar orasida 37,0%, erkaklar orasida esa 33,9%ni tashkil etgan. Ayollar ustunligi haqidagi qarashlar esa har ikki guruhda ham juda past darajada qolmoqda. 🔭Xulosa: natijalar ishga qabul qilish jarayonida gender tengligiga ishonch yuqori ekanini ko‘rsatsa-da, rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilish masalasida erkaklar ustunligi haqidagi qarashlar saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.