Asosiy / Yangiliklar / "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi “Samarq...
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi “Samarq...
Yangiliklar📅 14 Avgust 2026👁 53 ko'rishlar

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi “Samarq...

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi “Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-40-sonli Farmoyishining 2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda. ✔️Ta’kidlash joiz, BMTning 2030-yilgacha mo‘ljallangan barqaror rivojlanish maqsadlari kambag‘allikka barham berish, salomatlik va farovonlik, sifatli ta’lim, gender tenglik, munosib ish va iqtisodiy o‘sish kabi 17 ta global masalalarni o‘z ichiga oladi. Yurtimizda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi orqali barcha maqsadlar qamrab olingan bo‘lib, ularning ijrosi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

✔️Davra suhbatida asosiy e’tibor, xalqaro gender indekslarida O‘zbekiston o‘rni, bu borada amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar va ularning tahlili, xotin-qizlar va bolalarga qarshi qaratilgan kiberzo‘ravonlikni oldini olishning ijtimoiy-huquqiy jihatlari, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishning ijtimoiy-huquqiy masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy mexanizmlarni takomillashtirishmasalalariga qaratiladi. ✔️Bu borada “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan ilmiy loyihalar va ularning natijalari bo‘yicha ma’lumot beriladi.

Galereya:

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
📧

Obuna bo'ling

Yangiliklar va e'lonlarni birinchi bo'lib oling